"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni Lissabonda "Benfika"ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazganini tan olmayapti.
"Ko'k-anorranglilar" 5 mart kuni bo'lib o'tgan nimchorak finalning birinchi o'yinida "burgutlar"ni minimal hisobda mag'lub etishdi. O'sha uchrashuvning 22-daqiqasidayoq mehmonlar Pau Kubarsining chetlatilishi tufayli bir kishi kam bo'lib qolishdi, ammo raqiblarga gol urishga imkon berishmadi - Shesni sakkizta zarbani qaytardi.
"To'g'risini aytsam, o'shanda unchalik zo'r emasdim, deb o'ylayman, - deb eslaydi polyakning o'zi. - Men bitta murakkab seyvni amalga oshirdim, qolgan barcha qutqarishlar o'rtacha murakkablikda bo'ldi. O'ylashimcha, gap o'yin stsenariysida: qizil kartochka va bizning o'yin uslubimiz odamlarni darvozamdagi o'yinimni diqqat bilan kuzatishga majbur qildi," - deya Shesnining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0