«Barselona» futbolchilari Rafinya Dias va Ronald Arauxo Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida qoldirilgan «Osasuna»ga qarshi o'yinga ulgurishi mumkin.25 martdan 26 martga o'tar kecha kuni Urugvay Boliviyaga qarshi saralash uchrashuvini o'tkazadi (Toshkent vaqti bilan 01:00). 26 mart kuni Braziliya Argentina bilan bahs olib boradi (05:00).27 mart kuni «Barselona» o'z maydonida «Osasuna»ni qabul qiladi. Diario Sport xabariga ko'ra, Rafinya va Arauxo o'yinlardan so'ng Madridning «Real» va «Atletiko» klublari futbolchilari bilan birgalikda Buenos-Ayresdan xususiy samolyotda Ispaniyaga yo'l oladi. Samolyot uchadigan futbolchilar ro'yxati:
Xose Ximenes, Federiko Valverde (Real)Nauel Molina, Rodrigo De Pol, Anxel Korrea, Xulian Alvares (Atletiko)Endrik, Vinisius Junior (Real)Boliviya – Urugvay o'yini Argentina – Braziliya bahsidan bir necha soat oldin tugaydi, bu esa urugvaylik futbolchilarga Buenos-Ayresga etib kelish uchun imkon beradi.Rafinya va Arauxo 27 mart kuni kechga borib Barselonaga etib kelishi kutilmoqda. Ular «Osasuna»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushishi mumkin.
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0