Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola uni futbolkaga ziqnalikda ayblaganini aytib berdi. Lineker 1986 yildan 1989 yilgacha "Barselona"da o'ynagan, Gvardiola esa bu davrda Kataloniya klubi akademiyasida tahsil olgan.
"U "Manchester Siti"ga o'tganida, men undan BBC uchun intervyu oldim. Va u dedi: "Biz boshlashimizdan oldin, siz klubda o'ynaganingizda, men "Barselona"da to'p tashlab beradigan bola edim. Har bir o'yin oxirida men sizning oldingizga kelib: "Sizning futbolkangizni olsam bo'ladimi?", deb so'rardim. "Siz uni menga hech qachon bermagansiz. Va men bundan xafa bo'lganman", dedi.
Bu men uchun yoqimsiz bo'ldi va men unga u paytlarda hozirgidek liboslar ko'p bo'lmaganini tushuntirdim. O'sha paytlarda bizda faqat bitta futbolka bo'lardi. Bizga uni kimgadir berishga ruxsat yo'q edi", - dedi Lineker The Sun bilan suhbatda.
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0