Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Emre Jan Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoadoshlariga qattiq norozilik bildirdi.
1/4 finalning ilk o'yinida 4:0 hisobida g'alaba qozongan kataloniyaliklarga "Borussiya" qarshilik ko'rsata olmadi. O'yindan so'ng Jan nemis klubi futbolchilarining harakatlaridan noroziligini bildirdi. U muammo o'yin taktikasida emas, balki futbolchilarning o'z ishiga munosabatida ekanligini tushuntirdi.
"Gap tizimda emas, aksincha, hamma 100 foiz o'z kuchlarini berishga va bu o'yinlarda zarur bo'lgan qurbonliklarni qilishga tayyormas. Juda ko'p narsa noto'g'ri ketdi. Bugun yaxshi o'ynamadik. Biz yumshoq edik. Etarlicha birlasha olmadik. Buning ustiga, oddiy xatolarga yo'l qo'ydik.
Bu darajada bunday xatolar qattiq jazolanadi. Shuning uchun bugun biz jazolandik. Biz "Barselona"ning ajoyib jamoasiga qarshi o'ynadik, unda yaxshi futbolchilar borligi aniq. Shunday ekan, ularni mag'lub etishning yagona yo'li – maydonga jamoa bo'lib chiqish, ammo biz buni qila olmadik" - dedi Jan.
Eslatib o'tamiz, ikkinchi bo'lim davomida “Borussiya” o'zining sobiq hujumchisi Robert Levandovskidan ikkita gol o'tkazib yubordi. Bu dubl hujumchiga Chempionlar ligasida tarixiy muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi.