"Barselona" bosh murabbiyi "Borussiya" bilan bo'lajak o'yin haqida gapirdi.
Jamoalar ertaga, 15 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi javob uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Birinchi o'yinda "Barselona" 4:0 hisobida g'alaba qozongan.
"Maqsadimiz imkon qadar yaxshi o'ynash. Va'da beraman, biz o'zimizni eng yaxshi tomonlarimizni ko'rsatamiz. Stadion omili muhim, shuning uchun biz diqqatimizni jamlashimiz va futbolni o'zimiz xohlagandek o'ynashimiz kerak.
Bizga o'yinga hisobda ustunlik bilan yondashish nasib etdi, chunki ertangi o'yin juda qiyin bo'ladi. Men jamoam Evropaning eng muhim jamoalaridan biriga qarshi o'ynashdan zavq olishini istayman. Biz yaxshi o'ynab, birinchi o'yinda erishgan to'rtta gol farqini saqlab qolishni istaymiz.
- Niko Kovach kambekka umid bildirdi.
- Biz bor e'tiborimizni birinchi o'yinda erishgan natijamizni saqlab qolishga qaratishimiz kerak. Ular vaziyatni o'zgartirishga harakat qilishadi, lekin men o'z jamoamga katta ishonaman" - dedi Xans-Diter Flik.
O'qildi: 94 - Fikirlar: 0