Argentinalik hujumchi, «Inter Mayami» jamoasi a'zosi Lionel Messi dunyodagi eng istiqbolli 10 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni tuzdi.Give Me Sport’ning ma'lum qilishicha, Messi ushbu ro'yxatga quyidagi futbolchilarni kiritgan: - Lamin Yamal ("Barselona")- Kenan Yildiz ("Yuventus")- Kavan Sallivan ("Filadelfiya")- Jeyden Shou (AQSh ayollar terma jamoasi)- Antonio Nusu ("Leyptsig")- Joel Ndala ("Nottingem Forest")- Viki Lopes ("Barselona" ayollar jamoasi)- Assane Uedraogo ("Leyptsig")- Eliss Ben-Segir ("Monako")Messi 2023 yil yozidan beri «Inter Mayami» tarkibida to'p surmoqda. U shu vaqt mobaynida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol va 21 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha davom etadi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
O'qildi: 98 - Fikirlar: 0