"Barselona" vingeri Rafinya Evropaning top-5 ligalarida braziliyalik futbolchilar orasida bir mavsumda eng ko'p golda ishtirok etish bo'yicha "ko'k-anorranglilar"ning sobiq hujumchisi Neymar bilan tenglashib oldi. Ikkala futbolchi ham mavsum davomida 51 ta golli harakatni amalga oshirgan.
Rafinya joriy mavsumda hozircha 30 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2015/2016 yilgi mavsumda Neymar 31 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Shu bilan birga, ushbu ro'yxatda uchinchi o'rinni ham Neymar egallab turibdi. U 2017/2018-yilgi mavsumda "PSJ" safida 28 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Rafinya joriy mavsum yakuniga qadar La Liganing kamida 6 ta o'yinida, Chempionlar Ligasining 2 ta yarim finalida va Ispaniya Kubogi finalida ishtirok etishi mumkin.
O'qildi: 97 - Fikirlar: 0