35 yoshli Shensni mavsum boshida klubga qo'shilish uchun faoliyatini tiklaganidan so'ng "Barselona" muxlislarining sevimlisiga aylandi. Darvozabon o'zining yomon odati borligini ochiqchasiga tan olishini inobatga olgan holda, muxlislar Kataloniya jamoasining o'yinlarida muntazam ravishda "Shensni kashanda" deb hayqirishadi.
"Chekish haqida gap ketganda, iltimos, menga ergashmang va bundan qilmang. Men bu kurashda yutqazdim. Menga juda salbiy ta'sir ko'rsatadigan bu narsa menga juda yosh paytimda odat bo'lib qolgan.
Zamonaviy futbolchilar uchun chekish yoki ichish haqida ochiqchasiga gapirish odatiy hol emas. Biroq men bu borada rostgo'yman, chunki men siyosatchi emasman. Men shunchaki darvozabonman. To'pni ushlashim va tepishim kerak", – dedi Shensni.
Darvozabon o'tgan yilning oktyabr oyida asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jarohatidan so'ng "Barsa"ga kelib qo'shilgandi. Polshalik posbon 2025 yil boshida asosiy jamoadan joy oldi va jamoa timsoliga aylandi. Jamoa 25 o'yinda bor-yo'g'i bir marta – Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o'yinida Dortmundning "Borussiya"siga (1:3) mag'lub bo'ldi.
O'qildi: 139 - Fikirlar: 0