Goal Internet nashri 2025 yilgi «Oltin to'p» mukofotiga asosiy da'vogarlarning yangi ro'yxatini taqdim etdi. Avvalgi reyting bilan taqqoslaganda Pedri 3 pog'ona ko'tarilib, 4-o'ringa joylashdi. Pedri Ispaniya kubogi finalida bitta gol urib, jamoasining navbatdagi sovrinni qo'lga kiritishida yordam berdi.Asosiy 20 da'vogar quyidagilar (28 aprel):1. Rafinya Dias, «Barselona» (Ispaniya); 2. Usmon Dembele, «PSJ» (Frantsiya); 3. Lamin Yamal, «Barselona» (Ispaniya);4. Pedri, «Barselona» (Ispaniya);5. Muhammad Saloh, «Liverpul» (Angliya);6. Robert Levandovski, «Barselona» (Ispaniya);7. Deklan Rays, «Arsenal» (Angliya);8. Lautaro Martines, «Inter» (Italiya);9. Xarri Keyn, «Bavariya» (Germaniya);10. Kilian Mbappe, «Real» Madrid (Ispaniya);11. Nunu Mendesh, «PSJ» (Frantsiya);12. Jud Bellingem, «Real» Madrid (Ispaniya);13. Vinisius Junior, «Real» Madrid (Ispaniya);14. Vitinya, «PSJ» (Frantsiya);15. Dezire Due, «PSJ» (Frantsiya);16. Viktor Dyokeresh, «Sporting» (Portugaliya);17. Maykl Olise, «Bavariya» (Germaniya);18. Bukayo Saka, «Arsenal» (Angliya);19. Aleksander Isak, «Nyukasl Yunayted» (Angliya);20. Virjil van Deyk, «Liverpul» (Angliya).
O'qildi: 106 - Fikirlar: 0