"Bayer" Xabi Alonso o'rniga Xavi va Erik ten Xag nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq, Alonso Karlo Anchelotti ketganidan keyin "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bayer" to'p nazorati ustunlik qiladigan hujumkor uslubni saqlab qoladigan o'rinbosar topmoqchi, deb yozadi Kicker.
Nemis klubidagilar bu vazifaga "Barselona"ning sobiq ustozi Xavi juda mos keladi, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ispaniyalik ingliz tilini yaxshi biladi.
Bundan tashqari, Erik ten Xag ham klub short-listidan joy olgan. "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi ham o'zi boshqargan "Ayaks" namoyish etgan to'pga egalik qilishga asoslangan futbol tufayli klub talablariga javob beradi.
Murabbiylik faoliyatini Germaniyada "Bavariya"ning 2-jamoasida boshlagan niderlandiyalik nemis tilini yaxshi biladi. Bu uning nomzodi foydasiga katta plyus hisoblanadi. 55 yoshli mutaxassis "Bayer" ro'yxatida birinchi o'rinni egallab turibdi.
O'qildi: 103 - Fikirlar: 0