“Barselona” futbolchilari Ansu Fati va Ferran Torres uchun “San Siro” (Juzeppe Meatstsa) stadioni yangilik emas. Bu mashhur arenani ular yoqimli xotiralar bilan eslashadi.
2019 yil 10 dekabr kuni shu stadionda bo'lib o'tgan “Inter” – “Barselona” uchrashuvi 85-daqiqasida Ansu Fati maydonga tushgan edi. U ortidan, 87-daqiqada g'alaba golini urdi va shu tariqa UEFA Chempionlar Ligasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi — 17 yosh 40 kun.
Ferran Torres esa 2021 yil 6 oktyabr kuni “San Siro”da o'tgan UEFA Millatlar Ligasi yarim finalida Italiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda asosiy qahramonlardan biriga aylangan. U birinchi bo'limda ikkita gol urib, Ispaniyaga g'alaba keltirgan va Italiya termasiga 37 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyada nuqta qo'ygan edi.
Shunday ekan, bugungi “Inter” – “Barselona” uchrashuvi oldidan mazkur stadion Ansu va Ferran uchun o'zgacha ma'noga ega. Ular uchun bu arenadan yana bir bor tarix yozish imkoni bor.
O'qildi: 103 - Fikirlar: 0