Rafinya "Barselona"ni o'zining ishtirokisiz tasavvur qila olmasligini aytdi.Kataloniya klubidagi o'yinlari haqida:«Futbolning eng yuqori cho'qqisiga "Barselona"siz etishish haqida o'ylash mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Rostini aytsam, bu tajribadan to'liq bahra olyapman, hatto tushlarimda ham shunday bo'lishini kutmagan edim».«Barsa»dagi kelajagi haqida:«Men "Barselona"ni Rafinyasiz tasavvur qila olmayman. Keyingisi nima bo'ladi? Shartnomani uzaytirish».Sardorlik bog'ichini taqqanidagi hissiyotlari haqida:«Murabbiy menga sardorlardan biri bo'lishimni aytganida juda hayajonlandim, chunki rostini aytsam, buni kutmagan edim.Men faoliyatim davomida o'rgangan barcha narsalarimdan foydalanib, Lamin Yamalga eng yaxshi maslahatlarni berishga harakat qilyapman», – dedi "Barselona" yarimhimoyachisi.Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunigacha mo'ljallangan.