Hakam qarorlarini tahlil qilishga ixtisoslashgan kompaniyaga tegishli X ijtimoiy tarmog'idagi Archivo VAR akkaunti La Liganing 35-turidan o'rin olgan “Barselona” — “Real” (4:3) uchrashuvida yuzaga kelgan ikki tortishuvli vaziyatni tahlil qildi.Tahlillarga ko'ra, bosh hakam Alexandro Ernandes uchrashuv oxirida “Real” darvozasiga penalti tayinlamagani bilan xatolikka yo'l qo'ygan. O'sha vaziyatda “Barselona” hujumchisi Ferran Torresning zarbasi “Real” yarim himoyachisi Orelen Tchuameni qo'liga tekkan.«Tchuameni qo'lini ochiq holda ushlab turib, undan olib qochishga harakat ham qilmagan holda Ferranning yaqin masofadagi zarbasini to'sib qoldi. VAR tomonidan vaziyatni qayta ko'rib chiqish taklif qilingan bo'lsa-da, hakam o'z qarorini o'zgartirishni istamadi», — deb yozadi Archivo VAR.Shuningdek, 90+6-daqiqada Ernandes “Barselona” yarimhimoyachisi Fermin Lopesning golini qo'l bilan o'ynagani uchun bekor qilgani ham noto'g'ri qaror ekani ta'kidlangan.«Ferminning qo'liga tegishi qoidabuzarlik sifatida qaralishi lozim bo'lmagan vaziyatlar qatoriga kiradi», — deyiladi Archivo VAR hisobotida.