Diego Kostaning fikricha, Rafinya "Oltin to'p" uchun favorit.
- Terma jamoa hujumchilariga ta'rif bering: Vinisius, Rafinya, Rodrigo, Xendrik, Savio...
"Ha, iste'dod ko'p, lekin "to'qqizlik" yo'q. Bu futbolchilarning barchasi juda zo'r va driblingda ular fenomenal. Eshiting, Rodrigo texnika jihatidan ulardan eng mukammali. Lekin etishmayotgan narsa - xotirjamlik, chunki Braziliya terma jamoasi katta bosim ostida.
Odamlarning aytishicha, futbolchilar Braziliyada o'ynashni xohlamaydilar yoki juda yosh ketishni xohlashadi. Shuning uchun ham Anchelottidek futbolchilarni himoya qiladigan va ulardagi eng zo'rlarni yuzaga chiqaradigan murabbiy kerak.
Rafinya voyaga etdi. Avvallari uni terma jamoadan chetlatmoqchi bo'lganlar tomonidan ko'p tanqidlarga uchragan bo'lsa, hozir u jahon futbolida katta taassurot qoldiradigan katta figuraga aylandi.
U qattiq ishlaydi, qattiq himoyalanadi, ko'p gol uradi va ko'p golli uzatmalarni amalga oshiradi. U “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishga asosiy favorit", dedi “Chelsi” va “Atletiko”ning sobiq hujumchisi.