Dide Desham Lamin Yamalni qanday to'xtatish kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
Millatlar ligasining yarim finalida Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.
"Lamin Yamalga qarshi qancha jamoa o'ynaganini bilasizmi? Haqiqatan ham echim topgan jamoani ko'rmadim. U raqiblardan uzoqlashishga qodir - markazga harakat qilish orqali yoki tezlikda. Bunday futbolchilar bilan muomala qilganda ularning ta'sirini cheklash kerak.
U Ispaniya terma jamoasida e'tiborni qaratish kerak bo'lgan yagona odam emas. Uilyams, Olmo, Morata, Torreslar bor, yarim himoyachilar... Bu haligacha to'pni nazorat qila oladigan jamoa. Biz ular bilan bu jihatdan kurashmoqchimiz va taslim bo'lmaymiz...
Bu borada ular bilan raqobatlasha olgan jamoalar kam bo'lsa kerak. Bu futbolchilarning xususiyatlarini hisobga olgan holda juda uzoq vaqtdan beri ularning asosiy fazilatlaridan biri bo'lib kelgan", - dedi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
O'qildi: 89 - Fikirlar: 0