Yamal La Liga rekordini yangiladi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal La Liganing zamonaviy rekordini o'rnatdi. 17 yoshli futbolchi yakunlangan Ispaniya chempionatida 13 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistentga aylandi. Opta xabariga ko'ra, 21-asr boshidan beri 20 yoshgacha bo'lgan hech bir futbolchi La Ligada bir mavsumda bunchalik ko'p samarali pas bermagan.
"Ko'k-anorranglilar" vunderkindining hisobida 9 ta gol ham bor. Umuman olganda, ispaniyalik futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda 18 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Barselona" 88 ochko jamg'arib, Madridning "Real" klubini 4 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (304/+0)
Yangiliklar (33440/+9)
UzFIFA Yangiliklari (08.06.2025)
Futbol TV Yangiliklari (08.06.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1788)
Eng ko'p o'qilgan
4-Iyun
15:30
6-Iyun
14:30
1-Iyun
00:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)