Frantsiyaning “PSJ” klubining to'rt futbolchisi UEFA Chempionlar Ligasida eng ko'p golli vaziyat yaratgan o'yinchilar top-10 ligiga kirdi. Bu haqda Squawka nashriga tayanib Championat xabar berdi.Manbaga ko'ra, reytingda birinchi o'rinni parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiy egalladi. U 36 ta golli vaziyat yaratgan. Ikkinchi o'rinda “Barselona” vingeri Rafinya (32), uchinchi pog'onadan esa “PSJ”ning yana bir a'zosi — Usmon Dembele (31) joy oldi. Bundan tashqari, parijliklar safidan Fabian Ruis va Bredli Barkolya ham reytingga kiritilgan.2024/25 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida eng ko'p golli vaziyat yaratgan 10 futbolchi: 1. Ashraf Hakimiy (“PSJ”) — 36 2. Rafinya (“Barselona”) — 32 3. Usmon Dembele (“PSJ”) — 31 4. Jamol Musiala (“Bavariya”) — 28 5. Joshua Kimmix (“Bavariya”) — 27 6. Fabian Ruis (“PSJ”) — 26 7. Florian Virts (“Bayer”) — 25 8. Xristos Zolis (“Bryugge”) — 24 9. Bredli Barkolya (“PSJ”) — 24 10. Vinisius Junior (“Real”) — 23Eslatib o'tamiz, “PSJ” finalda “Inter”ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.