Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares yaqin kelajakda klubini o'zgartirishni istashi mumkin.
Argentinalik futbolchi "matraschilar"ning La Liga va Chempionlar Ligasida g'oliblikka jiddiy da'vogarlik qilishini istamoqda. El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko'ra, hujumchi madridliklarning natijalari yaqinlashib kelayotgan mavsumda yaxshilanmasa, klubni tark etish haqida o'ylashi mumkin. 25 yoshli futbolchiga "Barselona" asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Mish-mishlarga ko'ra, Kataloniya grandi prezidenti Joan Laporta Xulian Alvares siymosida Robert Levandovskining bo'lajak vorisini ko'rmoqda. Yaqinda futbolchining agenti uning "ko'k-anorranglilar"ga xayrixoh ekanligini tan oldi.
"Transfermarkt" portali hisob-kitoblariga ko'ra, Alvaresning transfer narxi 100 mln evroga teng. Jahon chempionining shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
O'qildi: 118 - Fikirlar: 0