Taqdirlash marosimining o'zi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Parij jamoasining Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabasi va Ispaniyaning Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga mag'lub bo'lganidan so'ng Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favoritiga aylandi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsum PSJ safida 49 o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan. Dembele parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, chempionat va Frantsiya Kubogida zafar quchdi.
Lamin Yamal o'tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 55 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o'z jamoasi bilan uchta titulni qo'lga kiritdi – chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.
Yana bir da'vogar "Barselona" vingeri Rafinya. Braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsum 57 o'yinda ishtirok etib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, u jamoa bilan uchta yutuqqa erishdi Є chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.
Yilning asosiy individual mukofotiga asosiy da'vogarlarning to'liq ro'yxati quyidagicha ko'rinishda:
1. Usmon Dembele (PSJ).
2. Lamin Yamal ("Barselona").
3. Vitinya («PSJ»).
4. Muhammad Saloh («Liverpul»).
5. Rafinya («Barselona»).
6. Kilian Mbappe («Real»).
7. Janluiji Donnarrumma (PSJ).
8. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).
9. Dezire Due (PSJ).
10. Ashraf Hakimi (PSJ).
O'tgan yili ushbu sovrinni Ispaniya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgandi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Vinisius Junior va Jud Bellingem (ikkisi ham "Real") kirgan edi.
"Oltin to'p" – har yili Frantsiyaning "France Football" jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot.
O'qildi: 133 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0