"Monterrey" markaziy himoyachisi, o'tmishda Madridning "Real" klubida to'p tepgan Serxio Ramos "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
17 yoshli futbolchi allaqachon "ko'k-anorranglilar," Ispaniya terma jamoasi va butun jahon futbolining asosiy yulduzlaridan biri sifatida tanilgan.
"Men uchun Yamal kelajak emas, balki hozirgi kun. Futbolchilik faoliyati uzoq yo'l, ammo Lamin rekordlarni yangilashda davom etmoqda, uning yoshidagi odam uchun g'ayrioddiy ishlar qilmoqda. U yorqin, individual iqtidorga ega futbolchi va "Barsa"da o'ynashiga qaramay, unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Axir u mamlakatimiz, millatimizning vakili-ku. U terma jamoamiz uchun juda muhim," - dedi Ramos matbuot anjumanida.
O'tgan mavsumda Lamin Yamal "Barselona"ga La Liga va Ispaniya Kubogini yutishda yordam berdi.
O'qildi: 154 - Fikirlar: 0