"Barselona" "Atletik" vingeri Niko Uilyams transferi ustida ishlamoqda.
Kataloniya klubiga o'tish istagini futbolchining o'zi bildirgan. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, endi "Barsa" ispaniyalik futbolchi bo'yicha muzokara boshlashga qaror qilgan. Uilyamsning "Atletik" bilan shartnomasida 58 mln evro tovon puli belgilangan, biroq tomonlar hali to'lovlar tuzilmasini kelishib olishlari kerak. Oldinda bir necha davra muhokamalari bor.
Niko Uilyams o'tgan yilning yozida "Barselona"ning asosiy nishoni sanalgandi, ammo o'shanda "ko'k-anorranglilar" futbolchini transferga rozi qila olishmadi.
"Atletik" hujum chizig'ining 22 yoshli etakchisiga da'vogarlik qilayotgan "Bavariya," "Arsenal" va "Chelsi" uning Kataloniyaga ko'chib o'tish niyatidan allaqachon xabardor.