Mario Basler Mark-Andre ter Shtegen bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Qayd etilishicha, "Barselona" endi nemis darvozabonini o'z rejasiga kiritmaydiva uning klubini o'zgartirishini xohlaydi.
"Bugungi ahvol shunday. Agar jarohat olib, kerak bo'lmasa, axlat qopiga o'xshab uloqtiriladi", - deydi Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
Baslerning qayd etishicha, agar klub futbolchidan qutulishni istasa, hatto amaldagi shartnomalar ham muhim emas. Shunda sizni klubdan ketishingizga majbur qilish uchun hamma narsa qilinadi, - deydi u.
Sobiq futbolchi ter Shtegenning Germaniya terma jamoasidagi istiqboliga ham baho berdi.
"Uning endi "Barselona"da imkoniyati qolmaydi va u terma jamoadagi o'rnini yo'qotish xavfi ostida bo'lishi mumkin. U 2026 yilgi jahon chempionatida birinchi raqamli bo'lish uchun boshqa klub topishi kerak", - deya qo'shimcha qildi Basler.