"Barselona" klubi va Xorvatiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Kataloniya klubida birga to'p tepgan Neymar, Lionel Messi va Luis Suares triosi haqida gapirdi.
"Bu g'irt tentaklik edi. Mashg'ulotlarda ularni birga qo'yib bo'lmasdi, bundan hech qanday ma'no yo'q edi. Ayniqsa, "Barselona"da "PSJ"dagiga qaraganda butunlay boshqacha Neymarni ko'rgandik. U Messiga juda yaqin edi va ularni kuzatish shunchaki aql bovar qilmasdi. Bundan tashqari, hujum markazida har bir imkoniyatdan gol uradigan yigitimiz bor edi, u ajoyib gol sezish qobiliyatiga ega edi. Bu aql bovar qilmaydigan narsa edi. O'ylaymanki, bunday hujumkor uchlik boshqa hech qachon bo'lmaydi," - deya Rakitichning so'zlarini keltiradi Sport.es.
Iyul oyida Rakitich professional faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.