Deku Kunde masalasi bo'yicha ishni boshladi
"Barselona" sport direktori Deku o'ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan yangi shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.
Frantsuzning amaldagi kelishuvi 2027 yilning o'rtalarida o'z nihoyasiga etadi va "ko'k-anorranglilar" rahbariyati futbolchi bilan yangi bitim tuzmoqchi. Ispaniyadagi manbalarning ma'lum qilishicha, Deku allaqachon 26 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib, mehnat shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilgan.
Jyul Kunde o'tgan mavsum Xans-Diter Flik jamoasi safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Himoyachi 2022 yilning iyulida "Sevilya"dan kataloniyaliklar safiga qo'shilgandi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (304/+0)
Yangiliklar (33838/+8)
UzFIFA Yangiliklari (17.07.2025)
Futbol TV Yangiliklari (17.07.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1793)
Eng ko'p o'qilgan
13-Iyul
09:20
15-Iyul
20:00
13-Iyul
02:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)