"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshfordni sotib olishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Barselona" Luis Dias transferi amalga oshmagan taqdirda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun hujumchi nomzodini ko'rib chiqadi. "Ko'k-anorranglilar" agar Reshford maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lsa, unga shartnoma taklif qiladi. Markusning o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirish istagida.
Reshford 2016 yildan beri "Manchester Yunayted" futbolchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini 27 yoshli vinger "Aston Villa"da ijarada o'tkazdi. U ikki klub safida jami 41 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt talqiniga ko'ra, Reshfordning transfer narxi - 50 mln evro.
O'qildi: 178 - Fikirlar: 0