"Barselona" vinger Niko Uilyamsni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlayotgan edi, ammo yaqinda futbolchi "Atletik" bilan shartnomasini o'n yilga uzaytirdi. AS nashri jurnalistlari futbolchining Kataloniya superklubiga transferi barbod bo'lishining asl sababini aniqlashga muvaffaq bo'ldi.
Manbaga ko'ra, "Barselona" sport direktori Deku va Uilyamsning agenti Feliks Teynta o'rtasidagi muzokaralar kataloniyaliklar agent "Atletik" bilan futbolchining yaxshilangan shartnomasini ham muhokama qilayotganidan xabar topgunga qadar silliq kechgan.
Muzokaralarning kechikishi "Barselona"ning hafsalasini pir qildi va klub futbolchi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'landi. Kataloniyaliklar Uilyamsni agentidan voz kechishga va Jorje Mendesh yoki Pini Zaxavi kabilar bilan ishlashni boshlashga undashdi. "Barselona"ning bunday qadami Niko va uning oilasini g'azablantirdi. Yakunda futbolchi o'zi tarbiya topgan klubda qolishga qaror qildi.
O'qildi: 168 - Fikirlar: 0