"Barselona" o'zining yangi darvozaboni, 24 yoshli ispaniyalik Joan Garsiyani klubdagi ilk mashg'ulotlaridan yaxshi taasuroot oldi. Bu haqda Barca Universal portali xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati ispaniyalik afsonaviy Viktor Valdesdan keyin bunday mukammal reaktsiyaga ega darvozabonni ko'rmaganini da'vo qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Kataloniya klubining asosiy tarkibida to'rtta darvozabon bor: yangi kelgan Garsiya, yaqinda kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirgan 35 yoshli Voytsex Shesni, o'tgan mavsumning birinchi yarmini asosiy tarkibda o'tkazgan kataloniyaliklar akademiyasi bitiruvchisi - 26 yoshli Penya, shuningdek, 33 yoshli nemis Mark-Andre ter Shtegen.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" Garsiyaning transferi haqida 18 iyun kuni e'lon qilgandi. Shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, transfer 25 million evroga tushgan.
O'qildi: 157 - Fikirlar: 0