O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi murabbiyi Loran Blan "Barselona" akademiyasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barselona" moliyaviy va ma'muriy muammolar bilan og'ir kunlarni boshdan kechirdi. Jamoani qiyin vaziyatdan nima olib chiqdi? Uning yosh o'yinchilari. Men uchun "Barselona" har doim a'lo darajadagi akademiyaga, "La Masiya"ga ega katta klub bo'lgan. Men uchun bu klubning yuragi," - deya Blanning so'zlarini keltiradi sport.es.
"Agar "La Masiya" bo'lmaganida, "Barsa" o'z faoliyatini davom ettirmasdi. Ehtimol, u yo'q bo'lib ketardi. Klubni aynan yoshlar qutqarib qoldi. Yamal, Pedri, Gavi... Yosh futbolchilar paydo bo'lsa, "Barselona" yana buyuk jamoaga aylanadi".
Blan 1996 yildan 1997 yilgacha "Barselona" tarkibida o'ynagan va Ispaniya chempionatida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.