«Liverpul» chempionmi? Angliyadagi asosiy raqobatga nazar
Germaniyada ishlab yurganida Pep Gvardiola shunday degandi: «Sovrinlar so‘nggi sakkiz turda yutiladi, ammo dastlabki sakkiz turda yutqaziladi». Bu mantiqdan kelib chiqsak, Angliya Premer Ligasining sakkiz turidan so‘ng, «Liverpul»dan sakkiz ochko ortda borayotagan «Manchester Siti» sovrinni boy berdimi? O‘rtadagi bu farq haqqoniymi? Nega «Manchester Siti» muvaffaqiyatsizlikka uchradi? Bombardir.ru jurnalistlari shu mavzuga to‘xtalishdi.
Mavsum boshida«Liverpul»kuchli, lekin bu darajada emas.
Darhol xG jadvaliga yuzlanamiz. Bu hisob-kitobning bir turi bo‘lib, jamoalarning yaratgan xavfli vaziyatlari va o‘z darvozasi oldida raqiblarga berilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, koeffitsiyentlar hisoblanadi va shu tariqa asl kartinani ko‘rish imkoniyati oshadi.
xG – jamoa yaratgan xavfli vaziyatlar koeffitsiyenti, xGA – raqibga berilgan imkoniyatlar, xPTS – ushbu hisob-kitob bo‘yicha qo‘lga kiritishi kerak bo‘lgan ochkolar soni.
Xullas, bu jadval bo‘yicha, «Manchester Siti» «Liverpul»dan oldinda turibdi. Bo‘lmagan gap, deyishingiz mumkin, lekin bu haqiqat. «Shaharliklar» raqib darvozasi oldida «Liverpul»dan sakkiz birlik ko‘p vaziyat yaratgan, ammo shu bilan birga, himoyada o‘ynash bobida raqibdan yomonroq natija qayd etgan.
Bu ustunlikni izohlash qiyin emas. «Manchester Siti» g‘alaba qozongan o‘yinlarda hujumkorlikni to‘xtatmagan va yanada ko‘proq gol urishga uringan. «Uotford» bilan 8:0, «Vest Hem» bilan 5:0 va «Brayton» bilan 4:0 o‘yinlari bunga misol bo‘lishi mumkin. «Liverpul»da esa, yirik g‘alaba faqat bitta – «Norvich», 4:1.
Alohida e’tibor berish kerakki, aksariyat hollarda «Siti»ning ochko yo‘qotishi o‘yin mantig‘idan kelib chiqmagan. Masalan, «Tottenhem» bilan o‘yinda «Manchester Siti» raqib darvozasiga 30 marta zarba bergan, ulardan 10tasi aniq yo‘naltirilgan. «Tottenhem» esa, ikki zarba berib, ikki gol urgan va o‘yin durang bilan tugagan. «Vulverhempton» bilan uchrashuvda ham jamoa raqibdan ko‘p vaziyat yaratdi, kamida durangga mos o‘yin edi, ammo mag‘lubiyatga uchradi. Faqat «Norvich» bilan o‘yinda hammasi o‘yinga mos edi.
«Liverpul» esa, aksincha, ozgina omadli bo‘lyapti. «Chelsi» bilan o‘yin durangga mos edi, hatto londonliklar ko‘proq vaziyat yaratishgandi, ammo yaxshi realizatsiya yordamida «Liverpul» g‘alaba qozondi. «Sauthempton» bilan o‘yinda ham shunday deyish mumkin. «Sheffild»ga qarshi o‘yinda raqib darvozabonining yagona xatosi golga sabab bo‘lgandi.
Xulosa qilish mumkinki, «Liverpul»ning turnir jadvalida peshqadamlik qilishi haqqoniy holat, ammo biroz omad ham sabab bo‘layotganini inkor qilish qiyin.
«Liverpul»kuchaydimi?
Unchalik emas. Klopp jamoasi to‘pni yaxshiroq nazorat qilyapti va realizatsiya tomonidan ijobiy o‘sish kuzatildi. Hatto asosiy darvobon Alisonning jarohati ham jamoa o‘yiniga sezilarli ta’sir o‘tkazmadi. Klopp sistemasi o‘yinchilarning yo‘qligi yoki ularning kamchiligini ajoyib shaklda yopa olyapti. Fabino-Henderson-Milner uchligini masalan, Rodri – Silva – De Bryuyne bilan solishtiring. Saviya jihatidan manchesterliklarning ustunligini tan olish mumikn, ammo aynan o‘yin sistemasi o‘rtadagi farqni yo‘qotib, jamoalar kuchini tenglashtirmoqda.
Umuman olganda, «Liverpul» o‘tgan yili ham xuddi shunday boshlagandi. Sakkiz o‘yindan keyin olti g‘alaba va ikki durang. Duranglar ham «Manchester Siti» va «Chelsi» bilan o‘yinlarda qayd etilgan. Bu safar ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin edi, ammo «Chelsi» bilan o‘yinda realizatsiya yordam berdi, «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin hali bo‘lib o‘tgani yo‘q.
«Manchester Siti»ga nima xalaqit beryapti?
Hammasi oddiy – jarohatlar. Ayniqsa, himoya chizig‘ida ahvol yaxshi emas. Lyaportning safdan chiqishi jamoaga juda kuchli ta’sir etdi. U «Siti»da eng ishonchli, sistemaga mos va to‘pni oldingi chiziqqa yetkazishda eng muhim figuralardan edi. Stounzning jarohati u qadar og‘riqlimasdir, ammo uning ketishi himoya markazida Fernandino – Otamendi juftligi qolishiga sabab bo‘ldi. Stounz va Lyaportning yo‘qligini balki Kompani bildirmasligi mumkin edi, ammo u yozda jamoani tark etdi, «Manchester Siti» esa, yangi markaziy himoyachi qidirib o‘tirmadi.
Bundan tashqari, De Bryuynening bir necha haftada safdan chiqishi ham ahamiyatli. U -jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi va miyasi. Shuningdek, Saneni ham unutmaslik kerak. To‘g‘ri, Riyoz Mahrez uning o‘rnini bosmoqda, ammo baribir, jamoa yana bir kuchdan mahrum bo‘ldi va kerak bo‘lganda, zaxiradan tushirib bo‘lsa ham, foydalana olmaydi.
Gvardiola uchun Angliyadagi eng yomon start, «Manchester Siti» esa, so‘nggi marta 2013 yilda 8 turdan keyin bundan kamroq ochko to‘plagandi.Liverpul»chempionmi?
Yaxshigina farq va «Liverpul»ning barqaror o‘yini tahsinga loyiq, ammo hozirdan bir nima deyish qiyin. O‘tgan mavsumda yanvarda «Liverpul» raqobatchisini 7 ochko ortda qoldirgandi. Ammo o‘zaro o‘yinlardagi mag‘lubiyat va to‘rt durang ustunlikni yo‘qqa chiqardi, chempionlik qo‘ldan ketdi.
Hozir esa, endigina 8 turda o‘tdi va yana 30 tur bor. Har narsa bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, o‘zaro o‘yinlar katta rol o‘ynaydi – o‘tgan yili aynan o‘sha o‘yinlar hal qiluvchi bo‘lgandi, deyish ham mumkin.
Jamoalar 10 noyabrda to‘qnash keladi va balki o‘shanda yanada aniqroq xulosalar chiqarish mumkin. Bu ikki jamoaning o‘yini hozirgi kunda boshqalardan shu darajada ustun-ki, o‘zaro o‘yinlar hammasini hal qila deya olamiz. Angliyada bunday holat doim ham bo‘lavermaydi.
Yana shuni unutmaslik kerakki, Gvardiola Manchesterda uch yil ishlab ulgurdi, ammo Chempionlar Ligasini yuta olgani yo‘q. Dunyoning eng yaxshi klubi sifatida e’tirof etilishi uchun APL g‘olibligi yetarli emas, demak, bahorda ko‘proq e’tibor YeCHLga ham og‘ishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Bu esa, o‘tgan mavsumda YeCHLda g‘olib chiqqan va aynan APL g‘olibligi juda muhim sanalayotgan «Liverpul»ga qo‘l kelishi mumkin. Axir jamoa so‘nggi marta Angliyada chempionlikni nishonlaganiga ham o‘ttiz yil bo‘ldi.
Omad mavzusiga qaytib, yana shuni aytish mumkin. O‘tgan yilgi hal qiluvchi o‘yinda «Manchester Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Durang uchun «Liverpul»ga 11 millimetr yetmagandi, ya’ni agar to‘p darvozaga yana shuncha kirganida, o‘sha o‘yinda hisob tenglashishi mumkin edi. Balki chempionlik uchun ham «Liverpul»ga mana shuncha masofa yetmagandir. O‘sha o‘yin «Liverpul»ning mavsumdagi yagona mag‘lubiyati bo‘lgandi.
Stephan_El_Shaarawy
17-Oktyabr 2019,15:08
17-Oktyabr 2019,15:08
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30189/+14)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)