"Barselona" vingeri Rafinya Dias Niko Uilyamsning amalga oshmay qolgan transferi haqidagi savolga javob berdi.
"Ko'k-anorranglilar" o'tgan yilgidek ispaniyalik futbolchini "Atletik"dan o'z safiga qo'shib olishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Transfer deyarli yakunlangandek ko'ringandi, ammo futbolchi baribir kataloniyaliklarga rad javobini berdi.
"Barselonada o'ynashni istamaydiganlar bu erga o'tmagani ma'qul. To'g'risini aytsam, bizda klubda o'ynashni istaydigan va bu futbolkani qadrlaydigan yuqori darajadagi futbolchilar borligi yoqimli," - deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi The Touchline.
E'tiborlisi, Niko Uilyams aynan braziliyalik futbolchi pozitsiyasida harakat qiladi. "Barselona" oxir-oqibat Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan ijaraga oldi.