"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi.
Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi uchun 70 mln evro taklif qilishga tayyor, deb xabar beradi Sport. "Qizil iblislar" xavbekning o'ziga ham katta sharoit yaratib berishadi - uning maoshi ikki barobar oshiriladi. Bunday yirik sotuv "ko'k-anorranglilar"ga "1:1" qoidasiga qaytish, barcha yangi kelganlarni xotirjam ro'yxatdan o'tkazish va hatto yana bir xaridni amalga oshirish imkonini berardi.
Biroq, boshqa bir manbaga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik allaqachon Lopes hech qaerga ketmasligiga qaror qilgan. Ispaniyalikning o'zi ham vaziyatni o'zgartirish ishtiyoqida yonayotgani yo'q.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, Fermin Lopesning narxi 50 mln evroga teng. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.