"Barselona" "Kamp Nou"ga qaytmoqda: klub kuzda yangilangan arenada o'ynashi mumkin
"Barselona" futbolchilari tez orada yana o'z stadionida o'ynash ehtimoli mavjud.
Klub sentyabr oyida "Kamp Nou"ga qaytishga umid bildirmoqda. "Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, shahar kengashi stadionni litsenziyalash jarayoni boshlanishini ma'qullagan va maydonda vaqtinchalik chim o'rnatish bosqichi allaqachon yakunlangan.
Hozirda asosiy maydonni o'rnatish ishlari olib borilmoqda va rekonstruktsiya ishlari belgilangan muddatda yakunlansa, jamoa kuz o'rtalarida yangilangan "Kamp Nou" stadionida to'p tepa boshlaydi.
Birinchi o'yinning aniq sanasi avgust oyida aniqlanadi. Stadion dastlabki o'yinlarda cheklangan sig'imga ega bo'ladi.
Arenani rekonstruktsiya qilish 2022 yilda boshlangan. O'shandan beri "Barsa" uy uchrashuvlarini Lyuis Kompanis nomidagi Olimpiya stadionida o'tkazib keladi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34443/+11)
UzFIFA Yangiliklari (24.09.2025)
Futbol TV Yangiliklari (24.09.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1804)
Eng ko'p o'qilgan
21-Sentyabr
17:00
18-Sentyabr
23:14
EChL. "Nyukasl" - "Barselona" va boshqa uchrashuvlarning asosiy tarkiblari ma'lum!
O'qildi: 59020 - Fikirlar: 0
O'qildi: 59020 - Fikirlar: 0
20-Sentyabr
17:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)