"Barselona"ning sobiq markaziy himoyachisi, yaqinda "An-Nasr"ga o'tgan Inigo Martines transfer sabablari haqida gapirdi.
34 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilgan, keyin esa saudiyaliklar bilan shartnoma imzolagan.
"Men yig'in tugagach, Flik bilan gaplashdim. U meni tushunishini bilardim va u bilan rostgo'y edim. Yoshim 34 da, shartnomam yakuniga atigi bir yil qolgandi.
Gap "Barselona"da kam pul topganimda emas. Mening maoshim ancha yuqori edi, oilam ham o'zini qulay his qilardi. Ammo bunday imkoniyatlar kamdan-kam uchraydi - "yo'q" deyish qiyin. Flik hayron bo'ldi, lekin hammasini tushundi. Bu yoqimli suhbat bo'ldi, lekin men uchun qayg'uli edi, chunki men murabbiy va klub bilan xayrlashishni xohlamadim," - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Managing Barca.
Ispaniyalik futbolchi "Barselona"da ikki mavsum harakat qildi.
O'qildi: 115 - Fikirlar: 0