Sobiq hakam Pavel Fernandes "Barselona"ga qarshi o'yinda "Malorka" futbolchilarining chetlatilishiga baho berdi.
La Liganing 1-turida “Barselona” mehmonda 3:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo'limda bosh hakam Xose Munuera Montero "Malorka"ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi. 33-daqiqada Manuel Morlanes Lamin Yamalga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi, 36-daqiqada Vedat Muriki jarima maydonchasi chizig'ida "Barselona" darvozaboni Joan Garsiyani boshiga tepdi va buning uchun qizil kartochka oldi.
Morlanesning ikkinchi sariq kartochkasi bo'yicha: "Ferranning golidan keyin bahslashgani uchun birinchi ogohlantirishni olgan "Malorka" futbolchisiga Lamin Yamalni yiqitgani uchun ikkinchi sariq kartochka juda munosib tarzda ko'rsatildi".
Murikining chetlatilishi haqida: Raqibning jismoniy salomatligiga tahdid qizil kartochka hisoblanadi. Fernandes ijtimoiy tarmoqda "Aniq chetlatilish", deb yozdi.