"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasining bo'lajak mavsumi favoritlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Unga ko'ra, raqobat yuqori bo'ladi va g'alabaga asosiy da'vogar Evropaning etakchi klublari bo'ladi.
"O'ylaymanki, bu Chempionlar ligasi har yilgidek bo'ladi. "Bavariya" PSJ, "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Liverpul" bilan birga davogarlardan biri bo'ladi. Barcha yirik jamoalar kubok uchun kurashadi. Finalga hali uzoq yo'l", - dedi Keyn Marca bilan suhbatda.
Forvard jamoa raqiblarini aniqlash uchun oy oxiridagi qur'a tashlash marosimini intiqlik bilan kutayotganini, biroq ayni damda bor e'tiborini ichki chempionatga qaratganini ta'kidladi.
"Juma oqshomida bizni "Alyants Arena"da mavsumni ochadigan muhim o'yin kutib turibdi. "Shtutgart"ga qarshi o'yindagidek munosabat, ishtiyoq va g'alabalarga chanqoqlikni ko'rsatishimiz kerak", - deya ta'kidladi Keyn.