Gavi tizzasidan olgan jarohati tufayli olti haftagacha safdan chiqishi mumkin.
Avvalroq, "Barselona" xavbeki o'ng tizzasida og'riq sezayotgani ma'lum bo'lgandi. U La Ligada "Rayo Valekano" bilan o'yinni o'tkazib yubordi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi o'yinlarida ishtirok etmadi.
Marca xabariga ko'ra, Gavi konservativ davolanmoqda va olti haftagacha safdan chiqishi mumkin. Operatsiya qilish imkoniyati ham istisno etilmaydi. Keyingi hafta so'nggi kunlardagi dinamikani baholash uchun yangi tibbiy yig'ilish bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, bu eski jarohatning qaytalanishi emas, balki yangi shikastlanish - og'riq manbai o'ng tizzaning boshqa zonasida joylashgan.
Gavi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 76124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50895 - Fikirlar: 0