"Barselona" hujumchisi Ferran Torres yakshanba kuni La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi kechgan o'yinda (3:0) dubl qayd etdi.
25 yoshli futbolchi 15 va 34-daqiqalarda mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, 60-daqiqada zaxiraga olindi. Final hushtagidan so'ng ispaniyalik hujumchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
"Avval ham bir necha bor aytganimdek, "Barselona"ning asosiy tarkibida o'ynashim mumkin. Hali hammasi oldinda.
"Ko'plab jamoalar bizga qarshi zich himoyalanmoqda va biz bo'sh hududlarni qanday topishni bilishimiz kerak. Jamoamizda ajoyib pasga ega o'yinchilar ko'p - biz bundan foyda olishni bilamiz. Bugun ikkinchi bo'limni yaxshi boshlaganimiz yo'q, ammo eng muhimi - uch ochko," - dedi Torres DAZN’ga bergan intervyusida.
O'qildi: 59015 - Fikirlar: 0