"Barselona"ning ikki futbolchisi qancha muddatga safdan chiqqani aniq bo'ldi
Rafinya va Joan Garsiya qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum qilindi.
"Barselona" matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, Rafinya o'ng boldirining bitseps mushaklari jarohatlangan. Uning tiklanishi uchun 3 hafta kerak bo'ladi.
Darvozabon Joan Garsiya esa chap tizzasidan jarohat olgan. Ertaga u operatsiya qilinadi va kamida 4-6 haftani o'tkazib yuboradi.