Portugaliyalik mashhur sobiq futbolchi, hozirda "Barselona" sport direktori bo'lib ishlayotgan Deku Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
40 yoshli forvard milliy jamoa va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi safida muntazam gol urishda davom etmoqda.
"Krishtianu - fidoyilik, ambitsiyalar va motivatsiya haqida gapiradigan bo'lsak, futbol tarixidagi eng yaxshisi. U bilan Portugaliya terma jamoasida hammasi yaxshi bo'ladi. Ronaldu terma jamoaga juda mos keladi va murabbiy faqat to'g'ri muvozanatni topishi kerak. O'ylashimcha, Portugaliya - bo'lajak jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri," - dedi Deku yaqinda bergan intervyusida.
Fevral oyida Krishtianu Ronaldu 41 yoshga to'ladi. Uning "An-Nasr" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.