"Bu juda chiroyli o'yin bo'ladi. Qachonki maydonda to'p bilan bo'lib, hujum qilishni yaxshi ko'radigan ikki jamoa o'ynasa, shon-sharaf birinchi o'ringa chiqadi. Pedrini yaxshi bilaman, u aqlbovar qilmas futbolchi. "Barselona"ning o'yin uslubi menga yoqadi, ayniqsa, Pedri maydonda bo'lganida.
Barcha murabbiylar himoya va hujum o'rtasida balans izlaydi. Ertaga o'ynaydigan jamoalarda deyarli bir xil saviyadagi himoya va hujumchilar bor.
Bu biz uchun hayajonga to'la bahs bo'ladi - chunki biz ruhan kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Ularning murabbiyi darajasi juda yuqori, uni men anchadan buyon yaxshi bilaman. Murabbiy ham futbolchilar ham yaxshi o'yin o'tkazishni istaydi. Ikkala jamoaning asosiy quroli - to'pni ushlab tura olishi bo'ladi.
Xansi Flikni hurmat qilaman. U jamoani noldan boshlab o'zi qurdi. Jamoa hujum qilmoqda, yaxshi himoyalanadi, istalgan o'yin holatiga tezda moslasha oladi. Bu jamoa menga yoqadi, hali ham "Barselona"ning o'yinlarini tomosha qilaman va zavq olaman. Ular menga xursandchilik taqdim qilishadi", - dedi Enrike.
O'qildi: 32636 - Fikirlar: 0