Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan “Barselona” va milliy terma jamoa o'rtasidagi Lamin Yamal atrofidagi vaziyat bo'yicha fikr bildirdi.Sentyabr oyidagi terma jamoalar o'yinlaridan keyin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya terma jamoasini tanqid qilgan edi. Uning fikricha, “Qizil Furiya” futbolchilar sog'lig'iga etarlicha e'tibor bermayapti. Nemis mutaxassisi Yamal jismoniy noqulaylik his qilganiga qaramasdan, uni o'yinlarga jalb etilganidan norozi bo'lgan.OAVning yozishicha, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente oktyabr oyidagi o'yinlar uchun Yamalni chaqirgan, garchi futbolchining o'zi sog'lig'i sabab chaqirilmaslikni so'ragan bo'lsa ham.“Barselona" — buyuk klub, va biz ular bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bunday turdagi bahs va shov-shuvlarga ortiqcha ahamiyat berish shart emas, vaziyatni adolatli baholash kerak.Agar tibbiy xulosa mavjud bo'lsa, hamma narsa unga asoslanib baholanishi lozim. Eng muhimi — Ispaniya erkaklar va ayollar terma jamoalari dunyo reytingida birinchi o'rinda. Men yaxshi muhit va tinchlik bo'lishini xohlayman,” — dedi Rafael Lusan Cadena SER nashriga bergan izohida.