"Barselona" futbol klubi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra qancha daromad qilgani ma'lum bo'ldi.
"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, klubning daromadi 994 million evroni tashkil etgan. Shu bilan birga, "Barselona"ning sof foydasi 2 mln evroni tashkil etdi. Klub ketma-ket ikkinchi yil ijobiy muvozanatga erisha oldi, bu esa iqtisodiy tarkibga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Qayd etilishicha, jamoa o'z uyi "Kamp Nou"da o'ynamagan bo'lsa-da, chiptalardan tushgan daromad 39 mln evroga oshgan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, "Barselona" homiylik daromadlari bo'yicha tarixiy maksimumga erishgan, Nike bilan yangi kelishuv 259 mln evroga mo'ljallangan.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida "Barselona" 8 turda 19 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turibdi.