
Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares juda yaxshi sport formasida. Argentina terma jamoasi a'zosi joriy mavsumda 11 ta rasmiy o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.O'tgan yilning o'zidayoq u jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tanilgan edi. Ispaniya Diario Sport nashri ma'lumotiga ko'ra, “Barselona” va PSJ kelasi yozda Alvaresni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Biroq bu transfer uchun ularga katta miqdorda mablag' to'lashga to'g'ri keladi.Futbolchi “Atletiko”ning eng qimmatbaho o'yinchisi hisoblanadi — Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 100 million evroni tashkil etadi. Shu bilan birga, Alvaresning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va madridliklar uning transferi uchun ikki barobar ko'p summaga umid qilmoqda.2022 yilgi jahon chempioni Alvares 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga 75 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma qayd etdi.





361