
Madridning "Real" klubi La Liga doirasidagi yakshanba kungi o'yinda "Barselona"ni mag'lub etdi (2:1). O'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va hisobni ushlab qolishga yordam berdi. G'alaba 33 yoshli futbolchi uchun "qaymoqranglilar" safidagi La Liga doirasidagi 200-g'alaba bo'ldi. Shu munosabat bilan "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres futbolchiga "Ligadagi 200 g'alaba" yozuvi tushirilgan "Real"ning maxsus futbolkasini topshirdi.
Umuman olganda, Daniel Karvaxal barcha musobaqalarda Madrid grandi libosida 436 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Tajribali ispaniyalik olti marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan va to'rt marta La Liga kubogini boshi uzra ko'targan.
O'qildi: 23517 - Fikirlar: 0





288