
Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior "el-klasiko"dan so'ng muxlislarga murojaat qildi. "Qaymoqranglilar"ning "Barselona" bilan yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da kechgan uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Xabi Alonso Vinisiusni almashtirishga qaror qildi, Vinisius esa bunga norozilik bildirdi. Uchrashuv yakunlangach, murabbiy braziliyalik futbolchi bilan gaplashib olishini ma'lum qildi.
"Barcha madridliklarga - ayniqsa, bugun "Santyago Bernabeu"ga kelib, bizni qizg'in qo'llab-quvvatlaganlarga murojaat qilmoqchiman. Bu "el-klasiko", maydonda va uning tashqarisida ko'p narsalar sodir bo'ladi. Biz o'zimizni qo'lga olishga harakat qilamiz, lekin bu har doim ham mumkin emas.
Biz hech kimni - yosh futbolchilarni ham, muxlislarni ham xafa qilmoqchi emasmiz. Maydonga chiqqanda o'z ishini qilish kerakligini bilamiz va bugun aynan shu bilan shug'ullandik. Hala Madrid!" - deya Vinisiusning bayonotidan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
"Real" La Liganing 10-turidan keyin "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.
O'qildi: 23518 - Fikirlar: 0





336