
"Barselona"dan ijaraga olingan "Elche" o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
18 yoshli vinger "el klasiko" oldidan Madridning "Real" klubi sha'niga keskin so'zlar aytishga jur'at etdi. "Qaymoqranglilar" Yamalni to'xtata olishdi va g'alabaga erishishdi (2:1), shundan so'ng yosh futbolchiga uning so'zlarini eslatishdi.
"Laminning ahvoli yaxshi. U har bir ishda o'zini juda yaxshi his qiladi va "Barsa" xotirjam bo'lishi mumkin. Lamin uchun tashvishlanishga hojat yo'q. U butun diqqatini ishga qaratgan. Odamlar shunchaki uning o'yinidan zavqlanishlari kerak, axir u ajoyib", - deya Fortning so'zlarini keltiradi ispan OAVlari.
"Elche" - "Barselona"ning navbatdagi raqibi. Uchrashuv 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 23515 - Fikirlar: 0





343