
“Inter Mayami” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Argentinadagi hayoti va “Barselona”ga ko'chib o'tishi haqida gapirdi.— Argentina men uchun bolaligimdanoq hamma narsa edi. Hayotda bilgan va o'rgangan barcha narsamni aynan o'sha erda, uyda o'zlashtirganman. Ota-onam o'rgatgan qadriyatlar va bolaligimdan oila bilan bog'liq tarbiya men uchun juda muhim bo'lgan. Keyin “Barselona”ga ko'chib o'tdim va hammasini noldan boshlashga to'g'ri keldi. Men yangi mamlakatda, hech kimni bilmagan holda yolg'iz edim. Ammo vaqt o'tishi bilan bu tajribani yangi hayotimga ko'chirdim, — dedi Messi NBC News nashriga bergan intervyusida.Joriy mavsumda argentinalik hujumchi MLSning muntazam qismida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi. U 28 ta o'yinda 29 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etdi.
O'qildi: 23517 - Fikirlar: 0





276