
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi La Liganing 10-turidagi (2:1) o'yinda almashtirilganidan so'ng ko'rsatgan hissiy reaktsiyasi uchun uzr so'radi. Braziliyalik futbolchi 72-daqiqada maydonni tark etgan edi.Vinisius ijtimoiy tarmoqlarida sahifasida shunday yozdi:“Bugun men o'zimning “el-klasiko”dagi almashuvga bo'lgan reaktsiyam uchun barcha madridliklardan uzr so'ramoqchiman. Bugungi mashg'ulot paytida jamoadoshlarim, klub va prezident oldida ham shaxsan uzr so'radim. Ba'zan hissiyot ustun keladi, chunki men har doim jamoam g'alaba qozonishini va unga yordam berishni xohlayman.Mening kurashuvchan tabiatim klubga bo'lgan muhabbatim va uning qadriyatlariga bo'lgan hurmatimdan kelib chiqadi. “Real” sharafi uchun har soniya kurashishda davom etaman — men klubga qadam qo'ygan ilk kundan bu yoq shunday qilib kelaman”.





384