
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan “Real Madrid” sardori Daniel Karvaxal bilan “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal o'rtasida 10-tur doirasida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvdan keyin yuz bergan vaziyat haqida fikr bildirdi. Uchrashuv “qirollik klubi”ning 2:1 hisobiga g'alabasi bilan yakunlandi.«Bu oson vaziyat emasdi, ammo jiddiy narsa yo'q. Ikkala futbolchi ham jamoamiz uchun muhim, ikkalasi ham jahon darajasidagi yulduzlar. Milliy jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente bilan bu holatni muhokama qilishga hali ulgurmadim. Futbolda shunday holatlar bo'lib turadi», — dedi Lusan Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.Bundan oldin Yamal madridliklarni ayyorlik va shikoyat qilishda ayblagan edi. “Real” g'alabasidan so'ng Karvaxal “Barselona” futbolchisiga jim turishni ifoda etuvchi ishora bilan murojaat qildi.
 
  31-Oktyabr 2025,07:30
 31-Oktyabr 2025,07:30  
 




 363
363