
Lionel Messi “Kamp Nou”ga qaytishni orziqib kutayotganini bildirdi.«Men u erga juda qaytgim kelyapti, biz Barselonani juda sog'indik — bolalarim, rafiqam va men bu haqda ko'p gapiramiz. U erda uyimiz bor, shuning uchun ham qaytishni juda xohlaymiz.Stadion tayyor bo'lgach, u erga qaytish imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman, chunki Parijga ko'chib o'tganimdan beri “Kamp Nou”ga qaytmaganman. Keyin jamoa “Monjuik”ka ko'chdi. Yangi stadionni ko'rish qiziq bo'ladi, chunki uni oxirgi marta ko'rganimga ancha bo'ldi. U erdagi barcha xotiralarni yana bir bor his qilish, eslash juda ajoyib bo'ladi, hatto stadion boshqacha bo'lsa ham.Men ko'p yillar davomidagi mehr uchun minnatdorman», — dedi “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi.
O'qildi: 56878 - Fikirlar: 0





359